Oʻzsanoatqurilishbankda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Jahon bankining energetika va energiya samaradorligi boʻyicha loyiha rahbari Pedzi Makumbe bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2011-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda energiya tejamkorligiga doir investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish orqali “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” (SKESO) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. 

Hamkorlik doirasida bugungi kungacha Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan umumiy qiymati 80 mln. AQSH dollaridan ziyod 27 ta loyiha amalga oshirildi. Natijada 432 ming mVtch elektr energiyasi, 17 ming kubometr suv, 107 ming kubometr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi. 

Uchrashuv davomida Jahon banki tomonidan SKESO (91 mln. AQSH doll.) loyihasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirishni jadallashtirish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqildi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2022 11:16  
up