“Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbankning barqaror rivojlanish yo‘lida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini faol qo‘llayotganini ta’kidlab, “3” darajali ESG reytingini (umumiy ball – 59) taqdim etdi.

Agentlik hisobotida qayd etilishicha, so‘nggi yillarda bank tomonidan atrof-muhitni asrashga qaratilgan “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tizimda inklyuzivlik va teng imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqaruv amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, bank kredit mablag‘lari energiya tejamkor, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanuvchi hamda ekologik toza transport sohasidagi loyihalarga yo‘naltirilmoqda. Shu tarzda bank kredit portfelida “yashil” kreditlar ulushini 2030-yilgacha 30 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

“Sustainable Fitch” xabarida bankning ijtimoiy sohada tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga sodiqligi, tizimda qulay mehnat sharoiti, adolatli ish haqi va xodimlar qo‘nimligi ta’minlanganligi alohida keltirilgan.

“Bank tizimida korporativ boshqaruv shaffoflik, boshqaruv organlari o‘rtasida vazifalarning aniq taqsimlanishi va xalqaro standartlarga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Bu yuqori darajadagi nazorat va qarorlarni qabul qilishni, mijozlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlashni ta’minlaydi”, deya qayd etilgan agentlik xulosasida.

Umuman, agentlik ESG reytingi bilan bank iqtisodiy rivojlanishni jamiyat va atrof-muhit oldidagi mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borayotganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun. ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) biznesni uning ekologik mas’uliyati, ijtimoiy siyosati va korporativ boshqaruvi nuqtayi nazaridan baholashning xalqaro standartidir.

ESG reytingi agentliklar tomonidan 1 dan 5 gacha bo‘lgan shkala asosida baholanib, bunda 1 eng yuqori daraja hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati




Дата последнего обновления: 13.02.2025 10:07  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo