"Restrukturizatsiya" mahsuloti


SQBdagi amaldagi kredit shartlarini o‘zgartirish va oylik kredit yukini kamaytirish.

Onlayn maslahat Batafsil shartlar
"Restrukturizatsiya" mahsuloti

Joriy kredit miqdori

o‘zgarmaydi

To‘lov jadvali

qayta ko‘rib chiqiladi

Kredit muddati

uzaytirilishi mumkin

To'lov sanasi

o‘zgartirilishi mumkin

Mahsulotdan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatni olish bosqichlari

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling

Bankka zarur hujjatlarni taqdim eting va ijobiy qarorni kuting

Kredit shartnomasiga qo‘shimcha kelishuvni imzolang



Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

  • Ariza

  • Ta’tilga chiqqan ayollar uchun — tasdiqlovchi hujjat

  • Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar

Kredit Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmaganlarga beriladi.

To‘lovni amalga oshirish usullari

SMS

2500 raqamiga yuboring

Bankda

Bank ofislarida

Kartadan

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Полезно знать
  • Mahsulot shartlari
  • Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Zarur hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Maqsad:

SQBda ilgari ajratilgan kredit bo‘yicha oylik kredit yukini kamaytirish hamda to‘lovlarni mijozning joriy moliyaviy imkoniyatlariga moslashtirish.

Nimalarni o‘zgartirish mumkin:

  • kreditni so‘ndirish jadvalini;
  • oylik to‘lov sanasini;
  • oraliq yoki yakuniy to‘lov muddatlarini;
  • birgalikda qarz oluvchini (rasmiy daromad mavjud bo‘lsa).

Kredit summasi o‘zgartirilmaydi.

Valyuta:

milliy valyuta (so‘m).

To‘lov sanasi:

Oylik to‘lov sanasi quyidagi tartibda o‘zgartirilishi mumkin:

  • bitta kredit doirasida bir marta;
  • bir kalendar oyi doirasida;
  • 20-sanadan kechiktirmasdan.

Kredit muddati:

Yakuniy to‘lov muddatini uzaytirishga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:

  • faqat bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan ayollar uchun;
  • 2 yilgacha;
  • tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
  • mazkur kredit bo‘yicha bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda.

To‘lov usuli:

Restrukturizatsiya doirasida kreditni so‘ndirish usulini o‘zgartirishga ruxsat etiladi:

  • annuitet;
  • differensial.

Ta’minot:

  • ta’minot amalda qoladi va dastlabki shartnoma shartlariga mos bo‘ladi;
  • kredit muddati uzaytirilganda garov, kafillik va sug‘urta shartnomalari avtomatik ravishda uzaytiriladi;
  • garov mulki but bo‘lishi hamda xatlov yoki cheklov ostida bo‘lmasligi lozim.

Cheklovlar:

Restrukturizatsiya quyidagi kreditlarga tatbiq etilmaydi:

  • kredit kartalari;
  • overdraft;
  • imtiyozli kreditlar;
  • jalb qilingan resurslar hisobidan ajratilgan kreditlar.

Istisno: yuqoridagi kreditlar bo‘yicha to‘lov sanasi va to‘lov usulini (annuitet / differensial) o‘zgartirishga ruxsat etiladi.


Файлы

Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan mijozlar kreditlarini restrukturizatsiya qilish tartibi

Скачать
download
Umumiy talablar
  • Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Yosh:
    • kredit rasmiylashtirilgan sanada 18 yoshdan katta bo‘lishi;
    • kredit to‘liq so‘ndirilgan sanada 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi.

Daromadlarga qo‘yiladigan talablar
  • doimiy ish joyi yoki barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromadni tasdiqlashi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun daromadni tasdiqlash talab etilmaydi;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) uchun SQBdagi asosiy hisob raqamiga tushgan barcha mablag‘larning 10 foizi hisobga olinadi.

Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar
  • «Qoniqarsiz», «shubhali» yoki «umidsiz» toifadagi kreditlarning mavjud emasligi;
  • SQBda 60 kundan ortiq qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • ushbu kredit bo‘yicha ilgari bir martadan ortiq muddat uzaytirilmagan bo‘lishi;
  • avvalgi o‘zgartirilgan shartlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi.

Qo‘shimcha shartlar
  • Majburiy ijro byurosida ochiq ijro ishlarining mavjud emasligi.

Hujjatlar ro‘yxati
  • pasport yoki ID-karta (biometrik hujjat).
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma:
    • rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali tasdiqlanishi mumkin;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun daromadni tasdiqlash talab etilmaydi;
    • yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) uchun SQBdagi asosiy hisob raqamiga tushgan mablag‘larning 10 foizi hisobga olinadi.
  • kreditni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha ariza.
  • garov ta’minoti sifatida mol-mulk taqdim etilgan hollarda — garovga oid hujjatlar.
  • bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan ayollar uchun — dekret ta’tilida ekanligini tasdiqlovchi hujjat.

Возможно, Вас заинтересует
Дом вашей мечты в ипотеку от 17 % годовых

Выдается на приобретение квартир с первичного рынка.

Дом вашей мечты в ипотеку от 16,5 % годовых
SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение.

SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Дата последнего обновления: 28.04.2026 19:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send