E'lonlar

Davlat ko‘magidagi imtiyozli ipoteka: “Yangi uyga ipoteka” – “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdan


09.06.2025 15:23

Hurmatli mijozlar!

2025-yilda siz davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ipoteka dasturi doirasida yangi uy-joy xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur imkoniyat “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan taklif etilayotgan “Yangi uyga ipoteka” kredit mahsuloti orqali amalga oshiriladi.

Kredit shartlari:
- Boshlang‘ich badal — uy qiymatining kamida 15 foizi
- Foiz stavkasi — yillik 17% dan boshlab (badal miqdoriga qarab)
- Maksimal summa:
Toshkent shahri uchun — 420 mln so‘mgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 330 mln so‘mgacha
- Kredit muddati — 20 yilgacha
- Birgalikda qarz oluvchilar soni — 5 nafargacha
- To‘lov jadvali — annuitet yoki differensial
- Kvartirani sug‘urtalash majburiy emas

Kimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud?
- Xorijdan doimiy pul o‘tkazmalar yuborayotgan migrantlar uchun
- O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun — to‘lov qobiliyati karta aylanmasi asosida baholanadi

Qanday olish mumkin?
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning istalgan ofisiga murojaat qiling
- Bankdan ijobiy qaror oling va subsidiya uchun hujjatlarni topshiring
- Kreditni rasmiylashtiring va yangi uyingizni xarid qiling

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 200 43 43 yoki 1180 raqamlariga murojaat qiling.





    Другие новости

    03.04.2026 14:07:22
    «Universal hamkor ipoteka» va «Yangi Toshkent» ipoteka kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

    Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, «Universal hamkor ipoteka» va «Yangi Toshkent» ipo ...

    02.04.2026 17:45:31
    Ria Money Transfer xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha tariflar o‘zgarmoqda

    Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan boshlab Ria Money Transfer tizimi or ...

    01.04.2026 17:54:51
    1-apreldan 1-sentabrgacha Uzcard Moment — bepul

    Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan 1-sentabrgacha Uzcard Moment kartasi ...


    Дата последнего обновления: 05.03.2026 10:43  
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    logo