Davlat dasturlari ijrosi

Har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablagʻlari ajratilmoqda


10.09.2024 11:49

Yurtimizda “drayver” sohalarni rivojlantirish va hududlar  salohiyatidan  toʻliq  foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar negizida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini ikki barobar oshirib, daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kirish maqsadi oʻrin olgan.
Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirishga, xususan Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tumanlarida joriy qilingan tajribalar asosida tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Xususan, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ishbilarmonlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisobidan yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan oʻnga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga koʻmak”, “Yashil ish oʻrinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida Andijon viloyatida bankka biriktirilgan 33 ta mahalladagi 679 ta xonadonga bogʻdorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xoʻjaligi kabi yoʻnalishlar boʻyicha loyiha paketlari yetkazib berildi.
Ularni tadbiq etish uchun 9,5 mlrd. soʻm hajmida kredit mablagʻlari ajratildi, 760ga yaqin aholi bandligi taʼminlandi.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra olib borilgan ishlar samarasida esa, 151 ta loyiha moliyaviy qoʻllab-quvvatlanib, 529 ta ish oʻrni barpo etildi.
13,6 mlrd. soʻmlik kredit ajratish hisobiga 362 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 830 nafar aholi ish bilan taʼminlandi. 
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2”  kredit mahsulotlari boʻyicha 1 088 nafar oʻzini oʻzi band qilgan fuqaroga 14,6 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar ajratildi.
Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda 1400dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 261 ta murojaatning 232 tasi ijobiy hal etilib, qolgan qismi bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bank tomonidan yil yakuniga qadar ushbu yoʻnalishdagi ishlar keng koʻlamda davom ettiriladi. 
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablagʻlari ajratiladi. 
Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish boʻyicha qoʻshimcha 720 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa qoʻshimcha 1550 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

10.09.2024 11:42:08
Samarqandda iqtisodiy dasturlar samarasi

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashi ...

19.08.2024 17:35:50
Harakatda – barakat

Urganch shahri “Jingavuz” mahallasida nonvoychilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Sultonposhsha Madrimova, “Ko‘hna ...


Дата последнего обновления: 10.09.2024 11:51  
up