Yangiliklar

Mahalla bankirlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar-trening o’tkazildi


09.07.2025 12:17

Mahalla bankirlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar-trening o’tkazildi

O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent shahridagi xizmatlar ofisida faoliyat yurituvchi mahalla bankirlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda 40 ga yaqin ishtirokchi bankda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish siyosati” kabi ichki hujjatlar bilan tanishtirildi. Ish jarayonida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi holatlariga yo'l qo'yilmasligi, odob-axloq kodeksi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish lozimligi yuzasidan ogohlantirish va eslatmalar berib o'tildi.

Shuningdek, sohadagi islohotlar va xalqaro tajribalar muhokama qilindi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar savol-javoblar asosida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

                                                                                                                                                                                                                                    

                                                                                           

Bank axborot xizmati





Другие новости

08.05.2026 10:43:19
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...

07.05.2026 11:10:21
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...

06.05.2026 09:40:09
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...


Дата последнего обновления: 05.03.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send