Yangiliklar

“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


18.07.2025 12:20

“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

Joriy yilning 17-iyul kuni Londonda “Euromoney Awards for Excellence 2025” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank bir paytning o‘zida uchta – “O‘zbekistondagi eng yaxshi bank”, “O‘zbekistondagi eng yaxshi korporativ bank” hamda “Qarz kapital bozori (DCM)dagi O‘zbekistonning eng yaxshi banki” kabi nufuzli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi. So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan keng ko‘lamli transformatsiya ishlari amalga oshirildi. An’anaviy xizmatlar bilan bir qatorda mahalliy va xalqaro kapital bozorlari uchun zamonaviy bank xizmatlari hamda moliyaviy instrumentlar joriy qilinmoqda. Bank moliyaviy barqarorlik va faoliyat samaradorligi bo‘yicha respublika tijorat banklari orasida o‘z yetakchilik pozitsiyasini saqlab qolmoqda. Joriy yilning I yarim yilligida yakunlariga ko‘ra Bank aktivlari 97,2 trln. so‘mni, kapitali 10,8 trln. so‘mni, sof foydasi esa 808,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga o‘tgan yil davomida bank tizimida korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Korporativ markazi tashkil qilinib, har bir mijoz bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qayd etish joiz, bank strategiyasida yirik korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro kapital bozorlariga olib chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bundan tashqari, 2024-yilda Bank tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan umumiy hajmi 1,7 mlrd. AQSH dollarlik resurs mablag‘lari jalb qilindi. Bankning muhim yutuqlaridan yana biri – 2024-yilning iyul oyida O‘zbekiston bank sohasida birinchi bo‘lib London fond birjasida xorijiy va milliy valyutada Regulation S va Rule 144A standartlariga muvofiq bankning navbatdagi yevroobligatsiyalari joylashtirilganligi hisoblanadi. Bu O‘zsanoatqurilishbankka xalqaro kapital bozorida keng ko‘lamli yirik investorlar bilan ishlash va teng huquqli ishtirokchi sifatida mustahkam o‘rin egallash imkonini berdi. “Euromoney” ekspertlari ushbu mukofotlar orqali O‘zsanoatqurilishbankning korporativ va investitsion yo‘nalishlardagi samarali faoliyati hamda xalqaro standartlarga asoslangan zamonaviy ish uslubini yuksak baholadi. Ma’lumot uchun: “Euromoney” – moliya va investitsiya sohalariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro nashr bo‘lib, uning mukofotlari banklar faoliyatini xolis va chuqur tahlillar asosida baholaydi. O‘zsanoatqurilishbankning ushbu mukofotlarga sazovor bo‘lishi uning innovatsion yechimlarga asoslangan faoliyati hamda mahalliy va xalqaro moliya bozorlaridagi mavqeini yana bir bor tasdiqladi. 



Другие новости

05.12.2025 16:54:00
SQB milliy qadriyatlarni mehnat muhitida tatbiq etmoqda

Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...

05.12.2025 10:32:14
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligi muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda Boshqaruv raisi rahbarligida bank tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexani ...

04.12.2025 17:31:12
DIQQAT! F I R I B G A R L A R D A N OGOHLANTIRISH!

Hurmatli mijozlar! So‘nggi paytlarda firibgarlar tomonidan zararli dasturlar tarqatish orqali mijoz ...


Дата последнего обновления: 22.07.2025 14:12  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo