Joriy yilning 11-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) bosh ofisida “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi. IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda xalqaro va mahalliy moliya institutlari, investitsiya fondlari, konsalting tashkilotlari hamda bankning korporativ mijozlaridan iborat 170 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Anjuman davomida O‘zbekiston bank-moliya tizimidagi shaffoflik, zamonaviy boshqaruv, investision jozibadorlik va turli yo‘nalishlarda tavakkalchiliklarni boshqarishga oid islohotlar haqida atroflicha fikr almashildi.
O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yildagi moliyaviy natijalari, strategik tashabbuslari, investitsiyaviy faoliyatidagi sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.
Ta’kidlanganidek, 2024-yil yakunlari bo‘yicha bank barqaror o‘sishga erishdi. 1,3 trln. so‘m sof foyda oldi, 13,8 trln. so‘mlik daromad shakllantirildi. Bank aktivlari 86,8 trln. so‘mga yetdi, umumiy kapital 9,9 trln. so‘mni tashkil etdi. 1,7 mlrd. AQSh dollari miqdorida xalqaro resurs mablag‘lari jalb qilindi.
Tadbirda SQB tomonidan 2024-yilda London fond birjasida Reg S va 144A formatlarida xalqaro obligatsiyalarning joylashtirilgani muhim voqelik sifatida qayd etildi. Bu AQSh kabi yirik moliya markazlarida bank brendi tanilishiga va global sarmoyadorlarning ishonchini qozonishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi.
“Investorlar kuni” doirasida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, shuningdek, “J.P. Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank”, “Standard Chartered”, “Rothschild & Co”, “Franklin Templeton” kabi yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar va investitsiya kompaniyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, investitsiyaviy mahsulotlar ishlab chiqish, bozorlar va resurs manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Anjuman bank yutuqlari va istiqbollarini ochiqlash bilan birga, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini namoyon etgan holda, moliya sektoridagi xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini belgilab berdi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar, hamkor tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan muloqotlar mamlakatimiz moliya tizimidagi islohotlar yo‘lida yana bir muvaffaqiyatli qadam bo‘ldi.
Aytish joiz, SQB’ning xalqaro maydondagi faol ishtiroki va innovasion yondashuvlari uning strategik salohiyatini kuchaytirib, investitsiyaviy hamkorlari bilan munosabatlarini mustahkamlamoqda.
Bank axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...
O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...
Londondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...