Все Кредиты
Joriy yilning 11-avgust kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari uchun joriy qilinayotgan yangi raqamli bank xizmatlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz ishtirokida shu yil 29-iyulь kuni “Astrum” IT akademiyasida o‘tkazilgan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va yoshlar bilan uchrashuvda dunyo miqyosida IT tarmog‘idagi o‘sish sur'ati yiliga 10 foizni tashkil etayotgani ta'kidlanib, rahbarlarga raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
E'tiborlisi, davlatimiz rahbari bu borada ayrim vazirlik va tashkilotlar qatori O‘zsanoatqurilishbankda ham ijobiy natijalar borligini alohida qayd etdi.
Darhaqiqat, Bank tizimida transformatsiya jarayonlarining har bir bosqichida keng ko‘lamli raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Boshqaruv va bank operatsiyalaridan tortib, xizmat ko‘rsatish standartlari va mahsulotlarni yaratishgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda yangi tashabbus va g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Mijozlarga bankdagi o‘z hisob-raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish imkonini beruvchi “SQB Business” internet bank xizmatining ishga tushirilishi ana shunday ishlarning yana bir mahsulidir.
Matbuot anjumanida 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida “SQB Business” dasturi haqida jamoatchilik, xususan, tadbirkorlar xabardorligini oshirish o‘z o‘rnida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
– O‘zsanoatqurilishbank tizimida “mijozga yo‘naltirilgan” tamoyilida amalga oshirilayotgan ishlar bank xizmatlari iste'molchilari bilan munosabatlarning yangi, yanada manfaatli shakllarini yuzaga keltirmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shoxpur Gulto‘rayev. – Bu holat, ayniqsa, bank xizmatlarini raqamlashtirishda ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. “SQB Business” xususida to‘xtalib, u Bankning barcha tarmoqlaridagi mavjud hisobraqamlar bo‘yicha amaliyotlarni bitta dastur orqali bajarish va boshqarish imkonini berishini aytish joiz.
“SQB Business” dasturi, jumladan, Bankning yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor maqomidagi mijozlariga quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:
• Bank tizimidagi barcha hisob raqamlarini kuzatish va boshqarish;
• har qanday to‘lovlarini o‘tkazish;
• korporativ kartalarini to‘ldirish;
• hisob varaqlardan ko‘chirmalar olish va hisobotlar yaratish;
• konversiya amaliyotlarini amalga oshirish;
• Bankning kredit va depozit mahsulotlari to‘g‘risida ma'lumotlar olish.
Dastur foydalanish uchun qulay va sodda interfeysga ega. Uni boshqa brauzerlar orqali ham ishlata olish imkoni mavjud.
Asosiysi, “SQB Business”ga ulanish va xizmat ko‘rsatish mutloqo bepul.
Hozirda Bank tomonidan “SQB Business”ga qo‘shimcha xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. Xususan, yaqin istiqbolda dasturning mobil versiyasini ishga tushirish, mijozlar uchun savdo maydonchasini (Marketplace) yaratish, u orqali onlayn kredit va omonat rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Tadbirda Bank tizimida tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy qilinayotgan boshqa innovatsion xizmatlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Yangi NFC tizimida ishlovchi “Tap to Phone” moduli imkoniyatlari haqida tushuncha berildi. QR-Online kontaktsiz to‘lov tizimi mijozlar o‘rtasida keng ommalashayotgani ta'kidlandi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...