Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘ladigan, milliy o‘zligimiz va boy madaniy merosimizni tarannum etadigan eng ulug‘ ayyomdir.
Ana shu bayram shukuhi bilan O‘zsanoatqurilishbank tizimida “Milliy liboslar” kuni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bank xodimlari yurtimizning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan milliy liboslarda mijozlarga xizmat ko‘rsatdi.
Mazkur tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Navro‘z – yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat bayrami. Milliy liboslar esa ana shu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.
Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) energiya menejmenti tizimini joriy etish va uni samarali yoʻlga qoʻyish natijasida ISO 50001 ...
Toshkent shahrida Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan “Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya: Oʻzbekiston iqtiso ...
Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish davlat siy ...

