Yangiliklar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy bayonoti


16.03.2026 10:07

Joriy yilning 15-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Balchom Soft” MCHJ oʻrtasida bankning ichki me’yoriy hujjatlari va bilimlar bazasi bilan ishlash uchun himoyalangan korporativ sunʼiy intellekt platformasini joriy etish boʻyicha 2,6 mlrd soʻmlik shartnoma imzolangani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Mazkur hujjat bilan iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarini qoʻllash orqali ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda inson omilini kamaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Bank tizimida sunʼiy intellekt platformasining joriy etilishi sohadagi “raqamli yetuklik” reytingini oshirish, ichki ish jarayonlarini optimallashtirish hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Xarid jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-iyuldagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, joriy yilning 20-yanvaridan 26-yanvarga qadar bankning rasmiy veb-saytida ushbu xizmat yuzasidan eʼlon joylashtirilgan. Xarid jarayonlari natijasiga koʻra, texnik va tijorat takliflari eng yuqori baholangan “Balchom Soft” MCHJ gʻolib deb topilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 71-moddasi talablariga muvofiq, shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank tomonidan shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan.






Другие новости

09.04.2026 11:24:04
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

06.04.2026 18:08:41
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...

06.04.2026 09:22:10
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) xodimi tomonidan fuqarolardan kredit ajratib berish evazig ...


Дата последнего обновления: 16.03.2026 17:44  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo