Yangiliklar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


02.04.2026 09:23

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida “Hamroh ayol” dasturi doirasida kredit ajratilishi bilan bogʻliq holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan mazkur dastur doirasida kelib tushayotgan arizalar amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda kredit ajratish tartiblariga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda. Kredit ajratish jarayonlari bankning “Hamroh dasturi” kredit mahsuloti talablari, qarz oluvchining toʻlovga qobiliyati, taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligi hamda loyiha samaradorligi kabi mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq orqali xabar qoldirgan fuqaroning shaxsini aniqlash va u bilan bogʻlanish choralari koʻrilmoqda. Bundan tashqari, holat boʻyicha tegishli hujjatlar qoʻshimcha ravishda tahlil qilinmoqda.

Oʻrganish natijalariga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tushuntirishlar beriladi.

Bank tomonidan barcha arizalar qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida xolisona koʻrib chiqilishi, kredit ajratish jarayonlarida shaffoflik va tenglik tamoyillariga qatʼiy amal qilinishi maʼlum qilinadi.

Agar bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan aniq dalillar mavjud boʻlsa, bu haqda bankning ishonch telefonlari yoki korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha ishonch liniyalari orqali xabar berish mumkin. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va murojaatchi shaxsi maxfiyligi taʼminlanadi.





Другие новости

29.04.2026 10:30:20
SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...

28.04.2026 12:20:03
SQB AI Hachkathon: Raqamli iqtisodiyot va innovatsion bank ekotizimi sari strategik qadam

Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...

28.04.2026 12:16:13
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...


Дата последнего обновления: 03.04.2026 09:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send