Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) xodimi tomonidan fuqarolardan kredit ajratib berish evaziga pul mablagʻlari talab qilinayotgani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
SQB tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik hamda shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat mexanizmlari joriy etilgan boʻlib, har bir murojaat belgilangan tartibda atroflicha oʻrganib chiqiladi.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Murojaat anonim tarzda qoldirilgani hamda unda aniq holatlar va manzilli maʼlumotlar keltirilmaganligi sababli qoʻshimcha oʻrganish ishlari olib borilmoqda, murojaat muallifi bilan aloqa oʻrnatish choralari koʻrilmoqda. Tekshiruv natijalariga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilinadi.
SQB korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabat tamoyiliga amal qiladi. Bank tizimi xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi tasdiqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi.
Shu munosabat bilan, bank xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda pul talab qilish holatlari boʻyicha aniq maʼlumot va dalillarga ega boʻlgan fuqarolardan bankning ishonch telefonlari yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha aloqa kanallari orqali murojaat qilishlarini soʻraymiz. Murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Ishonch telefoni: +998 78 777 11 80
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishonch liniyasi: 0800 120 88 88
Telegram boti: @sqbantikor_bot
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...

