Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank axborot xizmati bayonoti


22.06.2025 15:37

O‘zsanoatqurilishbank axborot xizmati bayonoti

Joriy yilning 21-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Majburiy ijro byurosi yurituvida qariyb 168,9 mln so‘m qarzdorlik undirishga doir ijro ishi bo‘lsada, shu yil 29-mayda 6 dona Malibu-2 avtomashinasi xaridi uchun shartnomalar tuzganligi haqida xabar joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Haqiqatan ham, Majburiy ijro byurosi Markaziy boshqaruvi ish yurituvida sud qarorlari asosida bank hisobidan davlat va jismoniy shaxs foydasiga jami 168,9 mln so‘m undirish haqidagi ijro ishi mavjud.

Biroq, bankka nisbatan qo‘zg‘atilgan 2 ta ijro hujjati jami 149,5 mln so‘m qarzdorlikni undirish haqidagi sud qaroriga nisbatan kassatsiya shikoyati kiritilganligi sababli Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha kassatsiya sudlov hay’atining 2025-yil 5-iyundagi ajrimiga asosan ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar mib.uz elektron ma’lumotlar bazasida ham ochiqdan-ochiq qayd etilgan.

Shuningdek, 9 ta jami 19,3 mln so‘m undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha belgilangan ixtiyoriy muddat nihoyasiga yetmagan.

Bank tomonidan 6 ta Malibu-2 transport vositasining xaridi ehtiyojdan kelib chiqib, bank Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi biznes rejaga muvofiq xizmat davrida foydalanish uchun amalga oshirilgan.

Bank axborot xizmati





Другие новости

01.05.2026 17:49:53
SQB: Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Prezidentimizning O ...

29.04.2026 10:30:20
SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...

28.04.2026 12:20:03
SQB AI Hachkathon: Raqamli iqtisodiyot va innovatsion bank ekotizimi sari strategik qadam

Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...


Дата последнего обновления: 24.06.2025 11:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send