Все Кредиты
Xalqimiz azal-azaldan farzandlari baxtu iqbolini oʼylab yashaydi. Jigarbandlari turmushi obod, kelajagi farovon boʼlishi uchun qaygʼuradi. Bu yoʼlda kuch-gʼayratini ayamaydi. Topganini bunyodkorlikka sarflaydi – shinam va koʼrkam uy-joylar quradi. Zero, fayzli xonadon – oilalarimiz uchun chinakam baxt oshyoni.
Prezidentimiz boshchiligida yurtimiz aholisini uy-joy, ayniqsa, arzon turarjoylar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimiz tomonidan keng qoʼllab-quvvatlanayotganining boisi ham shunda. Quvonarli jihati, ana shu yoʼnalishdagi saʼy-harakatlarni 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi doirasida yanada keng koʼlamda hamda izchil davom ettirish koʼzda tutilgan.
Ma’lumki joriy yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Prezident qarori koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda. Ya'ni, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilmoqda. 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ham ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi. Shuningdek, yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 20 yilgacha uzaytiriladi.
Aholining turar-joy sharoitini yanada yaxshilаsh yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga o’z hissasini qo’shish, mijozlariga ko'proq qulaylik yaratish, hamyurtlarimizning og’irini yengil qilish maqsadida «O'zsanoatqurilishbank» ham ipoteka kreditlarining yillik foiz stavkalarini pasaytirdi va yangi ipoteka dasturini ishga tushurdi.
Bankning “Yangi uyga Ipoteka” dasturiga binoan yurtimizning shahar va qishloq joylarida yillik 19%, shuningdek Toshkent shahrida 20% stavkalar asosida birlamchi bozordan foydalanishga topshirilganiga ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobida bo’lgan ko’p kvartirali uydagi 2 va undan ko‘p xonali kvartiralarni 20 yilga kreditga beriladi.
Kreditning maksimal miqdori:
1) 2 xonali kvartiralar uchun
- 240 mln.so’m (shahar va qishloqlarda);
- 264 mln.so’m (Toshkent shahrida);
2) 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun
- 320 mln.so’m (shahar va qishloqlarda);
-352 mln.so’m (Toshkent shahrida) etib belgilangan.
Boshlang'ich badal to'lovi qishloq joylarda 10%, shaharlar va Toshkent shahrida 20% ni tashkil qiladi. Kredit bo’yicha foizlar har kuni, kredit qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi va kredit qarzdorligini qo'shimcha to'lovlarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha - teng miqdorlarda (annuitet usulida) toʼlov usuli tadbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, joriy yil 25 martda aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash orqali daromadi yuqori boʼlmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʼlgan oilalar, ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga koʼmaklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 182-sonli «Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:
- uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʼich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplab beriladi;
- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʼlgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar boʼyicha baholanadi;
- tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʼlanadigan talabgorlarni tanlash boʼyicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar boʼyicha baholash natijalari koʼrib chiqiladi;
- sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʼyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʼlab berish tartibi belgilandi.
Qarorga asosan, ipoteka kreditlari boʼyicha boshlangʼich badal va foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun subsidiya olish toʼgʼrisidagi arizani mehnat migrantlari nomidan uning oila aʼzolari ham berishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy mezonlar boʼyicha baholash natijalariga koʼra, 30 va undan yuqori ball toʼplagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega boʼlmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar roʼyxatiga avtomatik tarzda kiritiladi. Taʼkidlash joizki, subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Ushbu imtiyozlar koʻp qavatli uylardan xonadon sotib olishni istagan fuqarolar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Endilikda, itimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyga ehtiyoji katta, koʻp farzandli oilalar “O’zsanoatqurilishbank”ning “Yangi uyga Ipoteka” dasturi hamda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardan foydalangan holda yangi uylarga qulay shartlarda ega bo’lishlari mumkin.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...