Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank va “BMB Holding”: hamkorlik samarasi


09.04.2025 14:16

Yurtimizda ilg‘or agrobiznes tashabbuslarini hayotga tadbiq etib kelayotgan yirik kompaniyalardan biri – “BMB Holding” joriy yilda o‘zining tashkil topganiga 8 yil to‘lganini nishonlamoqda. Ushbu qisqa davrda kompaniya nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham o‘rin egallab, zamonaviy agrosanoat majmualarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yo‘lda O‘zsanoatqurilishbank uning ishonchli hamkorlaridan biriga aylandi.

Bank tomonidan “BMB Holding”ning qator investitsiya loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Pirovardida, qishloq xo‘jaligida noyob va istiqbolli loyihalarni ishga tushirishga, yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga, yangi ish o‘rinlarini barpo etish hamda eksportni rivojlantirishga erishildi. E’tiborlisi, tomonlar o‘rtasidagi strategik sheriklik bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. 

Za’faron – “qizil oltin” loyihasi bilan dunyoga tanilgan brend

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida amalga oshirilgan za’faron plantatsiyasi loyihasi “BMB Holding” va O‘zsanoatqurilishbank hamkorligida ishga tushirildi. 50 gektardan boshlangan loyiha bugungi kunda 700 gektargacha kengaytirildi.

Italiya texnologiyalari asosida qurilgan qayta ishlash va qadoqlash korxonasi, zamonaviy gidrogel tizimi, ekologik yechimlar – bularning barchasi bankning moliyaviy yordamida amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 120 mln yevroni tashkil etsa, shundan 13 mln yevrosi bank kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Bugungi kunda “VMV Zafaron” brendi ostidagi o‘zbek za’faroni xalqaro bozorlarda katta qiziqish bilan sotilmoqda. Loyiha doirasida 2027 yilga kelib, za’faron mahsulotining eksport hajmi 12 mln. yevroga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

“BMB Agro Plus” – meva-sabzavot sanoatida yangi bosqich

Shuningdek, bank bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yana bir muhim loyiha – “BMB Agro Plus” agrosanoat majmuasi hisoblanadi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida umumiy qiymati 40,7 mln AQSH dollariga ega bo‘lgan ushbu majmua Italiya, Belgiya, Xitoy va Turkiya uskunalari bilan jihozlanib, u yerda yiliga 85,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Majmuada quritish, sublimatsiya, muzlatish, murabbo va pasta ishlab chiqarish kabi yuqori texnologiyali jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Loyiha natijasida 650 ta doimiy hamda 2000 ta mavsumiy ish o‘rni yaratildi.

“BMB Holding” va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda uzviy davom etmoqda. O‘zaro sheriklik negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirish, ishlab chiqarishda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, eksport salohiyati va bandlik darajasini oshirishdek ustuvor maqsadlar o‘rin olgan.

 

Bank axborot xizmati





Другие новости

13.05.2025 18:03:00
SQB: Korrupsiyaviy xatarlarga qarshi kurashish kundalik amaliyotga aylanmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir tashkilotning halollik tamoyillariga asoslangan faoliyati uchun ustuvor yoʻnalish ...

12.05.2025 16:19:48
Milliy ruh – zamonaviy bank muhitida!

O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning barcha bank xizmatlari markazi milliy liboslar chellenjiga qo‘shildi. Milli ...


Дата последнего обновления: 09.04.2025 14:17  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo