Все Кредиты
Joriy yilning 5-sentyabrь holatiga koʼra, Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan yil boshiga nisbatan jami 600ga yaqin talabaga 5 539 mlrd. soʼm miqdorida taʼlim krediti ajratildi. Shundan 866 mln. soʼm hajmidagi taʼlim krediti bevosita talaba qizlarga taqdim etildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm olishi va hunar oʼrganishi yoʼlida safarbar etilayotgan moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlanishlar natijasida ziyoli ayollar doirasi tobora kengayib bormoqda.
Prezidentimiz tomonidan shu yil 18-iyulda qabul qilingan “Oliy, oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʼllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaror bu borada imkoniyatlarni yanada kengaytirib, jamiyatimizda oliy maʼlumotli, bilimli va kasbu korli qizlarning yanada koʼpayishiga muhim omil boʼlmoqda.
Oʼzsanoatqurilishbank tizimida ushbu qaror ijrosi doirasida talaba qizlar uchun imtiyozli taʼlim krediti joriy etildi.
Ushbu turdagi kredit Oʼzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari (OTM), jumladan, davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari hamda oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlariga kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida bakalavr hamda magistratura yoʼnalishiga toʼlov kontrakt asosida oʼqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʼqishni koʼchirgan talabalar uchun ajratilmoqda.
Taʼlim krediti boʼyicha mavjud imtiyozlar:
– Foizsiz. Chunki, qaror talablariga koʼra, taʼlim krediti boʼyicha belgilangan 14 foizli ustama Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʼarmasi tomonidan qoplanadi;
– oʼqishning barcha bosqichida ushbu kreditdan foydalanish imkoni mavjud;
– kreditni bir oilada bir necha qiz farzandlar uchun olish mumkin;
– “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan imtiyozli taʼlim krediti boʼyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
– kreditni soʼndirish davrida uni toʼlash uchun sarflangan mablagʼlar daromad soligʼidan ozod etiladi.
Taʼlim kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:
imtiyozli taʼlim krediti olish toʼgʼrisida ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʼlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʼyicha hujjat.
Kredit taʼminoti quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha boʼlishi;
jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sugʼurta polisi;
kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan oshgan taqdirda mol-mulk (avtotransport, koʼchmas mulk) garovi.
Bunda mazkur kredit mahsuloti boʼyicha (kredit qoldigʼiga nisbatan) taʼminot miqdori hamda mijozning toʼlov qobiliyati har bir oʼquv yili uchun alohida oʼrganiladi.
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʼqish muddati tugagandan soʼng yettinchi oydan boshlab (yaʼni, olti oy oʼtib) 7 yil davomida qaytariladi.
Bunday kreditni berish super-kontrakt, qoʼshma taʼlim va ikkinchi mutaxassislik uchun koʼzda tutilmagan.
Bank Аxborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...