Yangiliklar

O‘zsanoatqurishbankda korporativ boshqaruv


03.03.2020 17:07

O‘zsanoatqurishbankda korporativ boshqaruv

O‘zsanoatqurilishbankda transformatsiya jarayonlari doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) mutaxassislari ko‘magida tizimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bankda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida Bank korporativ maslahatchisi faoliyatini tashkil etish tubdan qayta ko‘rib chiqildi, korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash sohasidagi zamonaviy talablar va belgilangan vazifalar hisobga olinib, “Korporativ boshqaruv xizmati” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Korporativ boshqaruv xizmatining asosiy vazifasi sifatida bank faoliyatining barcha turlari bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish maqsadida boshqaruv organlari, aksiyadorlar va barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini yaratish belgilandi.

Korporativ maslahatchi va korporativ boshqaruv xizmatining qisqa faoliyati davrida xalqaro standartlar va amaldagi qonunlarga muvofiq bir qator ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va qayta ko‘rildi. Jumladan:

●       “Bankning korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish rejasi”;

●       “Korporativ boshqaruv siyosati”;

●       “Korporativ boshqaruv qoidalari”

●       “Bank Kengashi nizomi” (yangi tahrirda);

●       “Bank Kengashi ish rejasi”;

●       “Korporativ maslahatchi to‘g‘risida nizom”;

●       “Audit qo‘mitasi nizomi”;

●       “Tavakkalchiliklarni nazorat qilish qo‘mitasi nizomi”;

●       “Tayinlash va rag‘batlantirish qo‘mitasi nizomi”;

●       “Strategiya qo‘mitasi nizomi”;

●       “Yirik bitimlar va manfaatli bitimlar qo‘mitasi nizomi” va boshqa ichki me’yoriy hujjatlar.

         Hozirgi kunda Bank Kengashi qoshida 5 qo‘mita tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Qo‘mitalardan uchtasi yangi bo‘lib, ularning maqsadi korporativ boshqaruv va nazorat tizimi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

         Audit qo‘mitasi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bank Kengashining vakolatiga tegishli bo‘lgan eng muhim masalalarni oldindan ko‘rib chiqishdan iborat. Bu qisman ichki va tashqi audit ishi bilan bog‘liq bo‘lib, Kengashga ushbu masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlaydi.

         Tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo‘mitasi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bankning tavakkalchilikni boshqarish tizimini nazorat qilishdan iboratdir. Tuzilma risk-appetitga asosan tavakallchilikni boshqarish, tavakkalchilikni boshqarish siyosati va strategiyasi, Bankni rivojlantirish strategiyasi va Bank Kengashi tomonidan belgilangan boshqa parametrlarga muvofiq tavakkalchilikni boshqarish va ichki nazorat tizimlaridan foydalanishni ta’minlaydi.

         Tayinlash va rag‘batlantirish qo‘mitasi. Ushbu qo‘mita samarali ish haqini to‘lash amaliyotini shakllantirish bilan bog‘liq Bank Kengashining vakolatiga tegishli bo‘lgan ayrim masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish orqali Bank Kengashining ish samaradorligini va sifatini oshirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, kadrlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Bank Kengashining professional tarkibi, ish samaradorligi va qo‘mita vakolatiga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha Bank Kengashiga tavsiyalar tayyorlaydi.

         Yirik bitimlar va manfaatli bitimlar qo‘mitasi. Bank va uning aktsiyadorlarining manfaatlarini, yirik bitimlarni tuzish to‘g‘risida yetarlicha tayyorlanmagan qarorlarni qabul qilish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararlar, shuningdek noqulay shartlarda affillangan (bog‘liq) shaxslar bilan bitim tuzishga undash maqsadida Bank mansabdor shaxslariga nisbatan manfaatdor shaxslar tomonidan bosim/ta’sir o‘tkazishdan himoya qilish mazkur qo‘mitaning vazifasi sanaladi. Bundan tashqari, qo‘mita Bank Kengashiga ushbu masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlaydi.

         Strategiya qo‘mitasi. Qo‘mita vazifasi bankni rivojlantirish strategiyasini (biznes-reja) ishlab chiqish, Bankning uzoq muddatli istiqbolda ish samaradorligini baholash hamda ichki va tashqi moliyaviy bozordagi mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida mavjud rivojlanish strategiyasini va Bank faoliyatining ayrim yo‘nalishlarini to‘g‘irlash bo‘yicha Bank Kengashiga tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bank Kengashi tomonidan xalqaro standartlar va amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida 2020 yil uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi:

●       “Tavakkalchilikni boshqarish siyosati” (yangi tahrirda);

●       “Valyuta aktivlarni boshqarish siyosati”;

●       “Buxgalteriya hisobi siyosati”;

●       “Likvidlikni boshqarish siyosati”;

●       “Kredit siyosati”;

●       “Ichki audit to‘g‘risidagi nizom”;

●       “Kredit qo‘mitasi va filiallar Kredit komissiyalari to‘g‘risidagi nizom”;

●       “Xodimlarga ish haqi to‘lash, ularning mehnatini rag‘batlantirish va boshqa to‘lovlarni to‘lash to‘g‘risidagi nizom”;

●       “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari”.

Xorijiy investorlar uchun bankning jozibadorligini oshirish, shuningdek xalqaro standartlarga javob beradigan va Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Bankning korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish rejasiga muvofiq, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etish maqsadida IFC bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:

●       “Bank Kegashi uchun KPI”;

●       “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi nizom” (yangi tahrirda)

●       “Bank Kengashini rag‘batlantirish siyosati”;

●       “Bank Kengashi va Boshqaruvini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom”;

●       “Bankning dividend siyosati” (yangi tahrirda);

●       “Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi Reglament” (yangi tahrirda);

●       “Bank Kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlarni qidirish

hamda tanlash qoida va tartibi”;

●       “Bank Ustavi”ni qayta ishlab chiqish (yangi tahrirda);

●       “Bank boshqaruvi to‘g‘risidagi nizom”ni qayta ishlab chiqish

(yangi taxrirda) va korporativ boshqaruv samaradorligini ta’minlash bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar.





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 28.05.2020 09:56  
up