Yangiliklar

Omonatlar bo‘yicha yangi Qonun: jamg‘armalaringiz kafolat ostida


03.03.2025 09:11

Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, endilikda bir bankda bir omonatchining kafolatlangan omonati 200 mln. so‘mni tashkil etadi.

 

Bu siz uchun nimani anglatadi?

Agar omonatingiz qonun kuchga kirguniga qadar qo‘yilgan bo‘lsa, u miqdoridan qat’iy nazar to‘liq kafolatlanadi.

Yuqoridagi Qonun kuchga kirganidan so‘ng banklarga qo‘yilgan omonatlar 200 mln so‘m yoki undan kam bo‘lsa, to‘liq kafolatlanadi. Ushbu miqdordan oshgan taqdirda esa mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha himoyalanadi.

 

Nima o‘zgardi?

Endilikda kafolat faqat jismoniy shaxslargagina emas, balki yuridik shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlar tomonidan jalb qilinayotgan omonatlarga ham tadbiq etiladi.

Kompensatsiya to‘lovining muddati 83 kundan 20 ish kuniga qisqartirildi.

Biroq, uni omonatchi faqat ajratilgan muddat ichida emas, balki o‘zi istagan qulay paytda olishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-sayti, finlit.uz portali yoki Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.





Другие новости

19.12.2025 16:49:59
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

18.12.2025 14:42:23
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

17.12.2025 16:13:02
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo