Yangiliklar

SQB: Korrupsiyaviy xatarlarga qarshi kurashish kundalik amaliyotga aylanmoqda


13.05.2025 18:02

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir tashkilotning halollik tamoyillariga asoslangan faoliyati uchun ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da bu boradagi tizimli yondashuv izchil davom ettirilmoqda.

Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi oʻquv-trening mashgʻulotlari bu safar Korporativ biznes departamenti xodimlarini qamrab oldi. Trening davomida korrupsion xavflarni oldindan aniqlash va ularga qarshi choralar koʻrish, manfaatlar toʻqnashuvi ehtimolini minimallashtirish hamda mijozlar bilan halol va professional munosabat yuritish boʻyicha muhim jihatlar keng yoritildi.

Tadbirda ishtirokchilarga xalqaro standartlarga mos amaliy misollar asosida tayyorlangan trening modullari taqdim etildi. Shuningdek, axloqiy qoidalar, sovgʻa almashish bilan bog’liq cheklovlar hamda bank ichki siyosatiga oid normalar chuqur tahlil qilindi.

Mashgʻulot yakunida xodimlarning mavzu boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovi oʻtkazildi. Olingan natijalar esa keyingi oʻquv rejalarini takomillashtirish va bilimlarni mustahkamlashda muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati




Другие новости

15.05.2026 14:37:10
Team building: Bir jamoa – bir maqsad: muvaffaqiyat sari birgalikda

Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 24-fevralda yoshlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqotdan so’ng mamlakatimizda har ...

08.05.2026 10:43:19
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...


Дата последнего обновления: 13.05.2025 18:03  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send