Все Кредиты
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida o‘rnatilgan Davlat bayrog‘i har bir fuqaro ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirishi shubhasiz. Ko‘kda hilpirab turgan mahobatli bayroqning balandligi –57 metr.
Toshkent shahridagi mazkur hududda bahor ayyomi – Navro‘z munosabati bilan “Navro‘z” nomli sayilgoh ochildi va musiqali favvora ham ishga tushirildi. 12 metrgacha yuqoriga bo‘y cho‘zadigan favvora kuyga mos raqs tushyapti. Odamlar ko‘zida quvonch.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqdi.
- Bayram arafasida ushbu saylgohning ochilishi, barchamizni birdek quvontirdi. Bu yer uch oy avval tashlandiq joy edi. Mana, bugun go‘zal bir maskanga aylandi. Saylgohda Wi-Fi hudud va kitob mutolaa qilish uchun qulay sharoit yaratilgan. Biz Prezidentimiz tashbbusini izchil amalga oshirishda davom etamiz, - dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
O'zA
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...