Yangiliklar

Toshkent shahrida “Navro‘z” nomli sayilgoh ochildi


20.03.2019 17:37

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida o‘rnatilgan Davlat bayrog‘i har bir fuqaro ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirishi shubhasiz. Ko‘kda hilpirab turgan mahobatli bayroqning balandligi –57 metr.

Toshkent shahridagi mazkur hududda bahor ayyomi – Navro‘z munosabati bilan “Navro‘z” nomli sayilgoh ochildi va musiqali favvora ham ishga tushirildi. 12 metrgacha yuqoriga bo‘y cho‘zadigan favvora kuyga mos raqs tushyapti. Odamlar ko‘zida quvonch.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqdi.

- Bayram arafasida ushbu saylgohning ochilishi, barchamizni birdek quvontirdi. Bu yer uch oy avval tashlandiq joy edi. Mana, bugun go‘zal bir maskanga aylandi. Saylgohda Wi-Fi hudud va kitob mutolaa qilish uchun qulay sharoit yaratilgan. Biz Prezidentimiz tashbbusini izchil amalga oshirishda davom etamiz, - dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.



O'zA





Другие новости

26.05.2026 18:16:03
SQB brendining indikativ qiymati 172,5 million AQSH dollariga baholandi

2026-yilda «Brand’26 Awards International» reytingi O‘zbekiston moliya bozorini aniq mezonlar asosida baholab chi ...

26.05.2026 15:23:28
SQB: Taxiatoshda biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida tadbirkorlar ishtirokida ochiq m ...

25.05.2026 12:18:11
SQB tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send