Ma'naviy yuksalish

Ona tilim – mangu makonim


21.10.2024 10:07

Shu kunlarda yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ona tilim – mangu makonim” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

1989-yil 21-oktyabr kuni mamlakatimizda mustaqillik sari ilk huquqiy qadam qo‘yildi, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.

So‘nggi yillarda esa, davlat tiliga bo‘lgan e’tibor har qachongidan kuchaydi. Prezidentimiz boshchiligida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Tadbirda asrlar davomida milliy madaniyatimiz, an’ana va qadriyatlarimiz davomiyligini saqlab kelayotgan o‘zbek tilining tarixi va bugungi kunda xalqaro maydondagi nufuzi haqida so‘z yuritildi.

Bank xodimlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi Farog‘at Hudoyqulova ijodidan she’riy parchalar hamda Teatr va kino aktyori, xushovoz xonanda Baxtiyor Ahmedov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lishdi.

Bank Axborot xizmati

 





Другие новости

10.03.2026 16:34:04
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” – Termizda

Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...

10.03.2026 16:30:59
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi hududlarda davom etmoqda

Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...

10.03.2026 16:20:29
SQB top-menejerlari uchun strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan “Team building” tashkil etildi

SQB top-menejerlari uchun strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan “Team building” tashkil etildi U ...


Дата последнего обновления: 05.03.2026 10:43  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo