SQB Raqamli biznes departamentining yuridik shaxslar uchun masofaviy kanallarni rivojlantirish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
20.05.2026 09:24
Raqamli mahsulotlar va bank texnologiyalari sohasida o’zingizni rivojlantirmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
- SQB Business (web va mobil) dasturini rivojlantirish va boshqarish
- Mijozlar ehtiyojlari va muammolarini aniqlash, tahlil qilish hamda mahsulot yechimlariga aylantirish
- Biznes talablarni shakllantirish va ustuvorliklarni belgilash
- Dasturchilar bilan birgalikda mahsulotni ishlab chiqish jarayonini boshqarish
- Mijozlardan kelayotgan murojaatlarni tahlil qilish va yechim ishlab chiqish
- Bank ichki hujjatlari va regulyator talablariga muvofiq faoliyat yuritish
Talablar:
- Oliy ma’lumot
- Bank yoki IT sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
- Mahsulot va loyihalarni boshqarish ko’nikmasi
- Agile/Scrum metodologiyalari, Jira, Confluence bilan ishlash tajribasi
- UX/UI asoslarini tushunish va SQL bo’yicha bazaviy bilim
- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik, muloqotga kirishuvchanlik
- O’zbek tilini bilish
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

54
Другие новости