Yoshlar siyosati

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilganiga 21 yil to’ldi


18.10.2017 13:25

“Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir.

Bu muzeyda bizning o’tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko’zguda aks etgandek namoyon bo’ladi. Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak”.

Bu – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kunda, ya'ni 1996 yil 18 oktbrda “Faxriy mehmonlar kitobi”ga yozgan tarixiy dastxati.

2017 yil 18 oktyabr kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqining Bankdagi boshlang’ich tashkiloti va Etakchilar Kengashi faollari Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilish marosimining 21 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuvda ishtirok etishdi.

Ochilish marosimiga bag’ishlangan tadbirda tarixchi olimlar, madaniyat va ma'rifat arboblari, keng jamoatchilik ishtirokidagi suhbat bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng Bank yoshlari tarixdan so’zlovchi muzey eksponatlari bo’ylab sayohat amalga oshirildi.

Tadbirdan suratlar havola qilinmoqda.





Другие новости

22.10.2024 10:16:42
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun uzoqni ko‘ra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddat ...

30.06.2024 15:55:06
O‘zsanoatqurilishbank rahbari va yoshlar uchrashuvi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi ...

22.05.2024 14:14:10
O‘zsanoatqurilishbank yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori

O‘zsanoatqurilishbank "Yoshlarni kasbga yo'naltirish" loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha doirasida tur ...


Дата последнего обновления: 23.08.2020 11:07  
up