AKTIVLAR VA PASSIVLAR XIZMATI MENEJERI
18.09.2026 05:25 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya blokining Aktivlar va passivlar xizmatiga Menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif qiladi.
TALABLAR
- Bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumot;
- Bank tizimida kamida 1 yil ish tajribasi;
- Ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimli muammolarni aniqlash qobiliyati;
- Tahliliy hisobotlar va taqdimot materiallarini tayyorlash ko‘nikmasi;
- MS Office (Excel, PowerPoint) dasturlarini yaxshi bilish;
- Samarali muloqot qilish va fikr-mulohaza (feedback) berish ko‘nikmalari;
- O‘zbek tili — erkin;
- Ingliz tili — erkin;
- Rus tili — o‘rta darajada.
Qo‘shimcha ustunlik:
ACCA sertifikatiga ega yoki ACCA imtihonlarining 50% dan ortig‘ini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
VAZIFALAR
- Bo‘limlar o‘rtasidagi xizmat yozishmalari va elektron hujjatlar aylanishi bo‘yicha kundalik vazifalarni amalga oshirish;
- Balans ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
- Kapital yetarliligi ko‘rsatkichlari va depozit bazasi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
- Resurslarning transfer stavkalarini davriy hisoblash;
- Transfer stavkalarini Aktivlar va Passivlarni boshqarish qo‘mitasiga taqdim etish va yangilab borish;
- Transfer stavkalarini dasturiy tizimga kiritish va hisob-kitoblarni monitoring qilish;
- Biznes bo‘linmalari vakillariga ularning mahsulotlariga qo‘llaniladigan transfer narxlari bo‘yicha tushuntirishlar berish.
SHARTLAR VA IMKONIYATLAR
- Yirik bank tizimida professional faoliyat yuritish va rivojlanish imkoniyati;
- Bankning real biznes jarayonlari va moliyaviy operatsiyalari bilan ishlash;
- Aktivlar va passivlarni boshqarish, transfer pricing, kapital yetarliligi va depozit bazasi kabi yo‘nalishlarda amaliy tajriba orttirish;
- Real biznes keyslar va amaliy vazifalar ustida ishlash;
- Moliyaviy tahlil va bank jarayonlari bo‘yicha professional bilimlarni rivojlantirish;
- Tajribali mutaxassislar bilan bir jamoada ishlash;
- Ish joyi: SQB Bosh ofisi;
- Ish jadvali: 09:00–18:00;
- Bandlik turi: Doimiy;
- Xizmat safarlari: Mavjud emas.

24