• Main
  • Press-center
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ma’muriy xo‘jalik departamenti

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ma’muriy xo‘jalik departamenti


24.08.2026 13:00

Tarmoqlarda ma’muriy xo‘jalik guruhlari Toshkent shahar ma’muriy xo‘jalik guruhi (Uchtepa BXM) jamoasiga mas’uliyatli va tashkiliy qobiliyatga ega xo‘jalik mudirini taklif etadi

    Asosiy vazifalar:

  • Bank binolari va infratuzilmasining uzluksiz ishlashini tashkil etish hamda nazorat qilish.
  • Muhandislik kommunikatsiyalari (elektr, gaz, suv, isitish, sovutish va kanalizatsiya tizimlari)ning soz holatda ishlashini ta’minlash.
  • Kantselyariya, xo‘jalik mollari va boshqa moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobini yuritish va taqsimlash.
  • Mebel, inventar va asosiy vositalarning saqlanishi, ta’mirlanishi hamda ulardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish.
  • Qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda texnik nazorat jarayonida ishtirok etish.
  • Kommunal xizmatlar bo‘yicha shartnomalarni yuritish va to‘lovlar monitoringini olib borish.
  • Xizmat avtotransportlarining texnik holati va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.

Talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy yoki texnik ma’lumot.
  • Ma’muriy-xo‘jalik yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi.
  • Moddiy boyliklar hisobi va xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha bilim.
  • Muhandislik kommunikatsiyalari va bino ekspluatatsiyasi bo‘yicha tushuncha.
  • MS Office dasturlarida ishlash ko‘nikmasi.
  • Mas’uliyat, tashkiliy qobiliyat va muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmasi.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va yirik bank tizimida ishlash imkoniyati.
  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
  • Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari.
  • Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy kafolatlar.
  • Professional va hamjihat jamoada faoliyat yuritish.

Agar Siz ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassis bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shiling!

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 06.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.






Last updated date: 24.08.2026 13:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит