• Main
  • Press-center
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ma’muriy xo‘jalik departamenti

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ma’muriy xo‘jalik departamenti


07.08.2026 16:46

Tarmoqlarda ma’muriy xo‘jalik guruhlari Toshkent shahar ma’muriy xo‘jalik guruhi (Yunusobod BXM) jamoasiga mas’uliyatli va tashkiliy qobiliyatga ega xo‘jalik mudirini taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

  • Bank binolari va infratuzilmasining uzluksiz ishlashini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • muhandislik kommunikatsiyalari (elektr, gaz, suv, isitish, sovutish va kanalizatsiya tizimlari)ning soz holatda ishlashini ta’minlash;
  • kantselyariya, xo‘jalik mollari va boshqa moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobini yuritish va taqsimlash;
  • mebel, inventar va asosiy vositalarning saqlanishi, ta’mirlanishi hamda ulardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
  • qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda texnik nazorat jarayonida ishtirok etish;
  • kommunal xizmatlar bo‘yicha shartnomalarni yuritish va to‘lovlar monitoringini olib borish;
  • xizmat avtotransportlarining texnik holati va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.

Talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy yoki texnik ma’lumot;
  • ma’muriy-xo‘jalik yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • moddiy boyliklar hisobi va xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha bilim;
  • muhandislik kommunikatsiyalari va bino ekspluatatsiyasi bo‘yicha tushuncha;
  • MS Office dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
  • mas’uliyat, tashkiliy qobiliyat va muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmasi.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va yirik bank tizimida ishlash imkoniyati;
  • mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
  • raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy kafolatlar;
  • professional va hamjihat jamoada faoliyat yuritish.

Agar Siz ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassis bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shiling!

Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.





09/15/2026 06:07:22 pm
SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati 3-mahsulot jamoasi guruhi kichik dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...

09/15/2026 12:33:34 pm
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...


Last updated date: 07.08.2026 16:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит