“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qo‘qon BXM universal kassir lavozimiga ishga taklif etadi
29.09.2026 04:59
Asosiy vazifalar:
- Jismoniy va yuridik shaxslarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
- Milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘larini qabul qilish va berish;
- Kirim va chiqim kassa operatsiyalarini amalga oshirish;
- Valyuta ayirboshlash, komissiya, kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish;
- Bank kartalari bilan bog‘liq kirim va chiqim operatsiyalarini amalga oshirish;
- Bank kartalari va PIN-konvertlarni mijozlarga belgilangan tartibda berish;
- Bankomatlar, infokiosklar va avtomatlashtirilgan depozit mashinalari bilan bog‘liq naqd pul operatsiyalarini bajarish;
- Naqd pullarni qabul qilish, sanash, saralash va belgilangan tartibda o‘rash;
- Kassa hujjatlarini rasmiylashtirish va tegishli operatsiyalarni bank dasturiy ta’minotida tasdiqlash;
- AML/CFT talablari asosida mijozlarni identifikatsiyalash;
- Operatsion kun yakunida kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini kunlik hujjatlar bilan solishtirish;
- Bankning ichki hujjatlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy ma’lumot;
- Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini bilish;
- Bank operatsiyalari va tegishli me’yoriy hujjatlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- Naqd pul va qimmatliklar bilan ishlashda aniqlik va mas’uliyatlilik;
- Mijozlar bilan samarali muloqot qila olish;
- Mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
- Bank dasturiy ta’minotlari bilan ishlash ko‘nikmasi — afzallik.
Rezyumeni quyidagi manzilga yuboring:

53