• Main
  • Press-center
  • O‘ZSANOATQURILISHBANK (SQB) JAMOASIGA QARZDORLIKLARNI UNDIRISH BO‘YICHA KATTA ME

O‘ZSANOATQURILISHBANK (SQB) JAMOASIGA QARZDORLIKLARNI UNDIRISH BO‘YICHA KATTA MENEJER (Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari)


23.09.2026 09:34

Bo‘linma: Undiruv markazi
Lavozim: Katta menejer

ASOSIY VAZIFALAR

• Jismoniy shaxslarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish bilan shug‘ullanuvchi biriktirilgan xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

• 30 kundan 365 kungacha kechiktirilgan kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

• Qarzdorlikni undirishning namunaviy va individual strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

• Qarz oluvchilar, birgalikda qarz oluvchilar, kafillar va garov mulki egalari bilan muzokaralar olib borish;

• Zarur hollarda qarzdorning yashash joyiga chiqib, yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazish;

• Ixtiyoriy undirish natija bermagan hollarda kreditni belgilangan “Legal” bosqichiga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rish;

• Amaldagi qonunchilik, kredit shartnomalari va Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq muammoli qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rish;

• 61 kundan ortiq kechiktirilgan qarzdorlik bo‘yicha sud undiruvi uchun zarur hujjatlarni to‘liq va sifatli tayyorlash hamda Yuridik xizmatga o‘z vaqtida taqdim etish;

• Sudlar, notariuslar, Majburiy ijro byurosi, sug‘urta tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish va nazorat qilish.

TALABLAR

• Oliy ma’lumot — iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda;

• Kamida 3 yil ish tajribasi;

• Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash tajribasi;

• Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar;

• Muzokara olib borish va mijozlar bilan konstruktiv muloqot qilish qobiliyati;

• Analitik fikrlash;

• E’tiborlilik va mas’uliyatlilik;

• Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik.

PROFESSIONAL KO‘NIKMALAR

• Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorlikni undirish;

• Qarzdorlar, birgalikda qarz oluvchilar, kafillar va boshqa tegishli shaxslar bilan muzokaralar olib borish;

• Da’vo va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash;

• Sudlar, Majburiy ijro byurosi, notariuslar va boshqa tashkilotlar bilan ishlash;

• Kredit qarzdorligini tahlil qilish;

• Bank axborot tizimlarida ishlash;

• Qonunchilik va Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.

BIZ TAKLIF QILAMIZ

• O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da rasmiy ishga joylashish;

• O‘zbekistonning yirik banklaridan birida ishlash imkoniyati;

• Professional rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari.

VAKANSIYAGA ARIZA TOPSHIRISH





09/23/2026 05:10:18 pm
Ma’lumotlarni boshqarish markazi Ma’lumotlar sifatini monitoring va nazorat qilish xizmati Kichik menejer lavozimiga xodim taklif etadi.

Asosiy vazifalar: Turli manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarning to‘g‘ri yuriti ...

09/23/2026 05:09:11 pm
Ma’lumotlarni boshqarish markazi Ma’lumotlar sifatini monitoring va nazorat qilish xizmati Bosh menejer lavozimiga xodim taklif etadi.

Asosiy vazifalar: Xizmat faoliyatini strategik boshqarish; Ma’lumotlar s ...

09/23/2026 03:16:03 pm
SQB Qibray BXM Xizmat ko'rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Kichik sotuv menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi

Korporativ mijozlar bilan ishlash, faol sotuvlar va bank mahsulotlarini ilgari surishga qiziqadigan nomzodlarni j ...


Last updated date: 23.09.2026 14:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит