Bank mahsulotlarini sotish, mijozlar bilan ishlash va professional rivojlanishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish.
• Mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish.
• Mavjud mijozlar bazasini qayta faollashtirish choralarini ko‘rish.
• Jismoniy shaxslar uchun bank kartalarini rasmiylashtirish va mobil ilovaga ulash.
• Jismoniy shaxslarning omonatlarini jalb qilish.
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonida ishtirok etish va kredit mahsulotlarini rasmiylashtirishni muvofiqlashtirish.
• Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish va tekshirish.
• Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘linmaga taqdim etish.
• Belgilangan savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Mijozlarga amaldagi va yangi bank mahsulotlari, xizmatlari hamda tariflari haqida to‘liq ma’lumot berish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bank talablari va Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda bo‘lishi afzallik beradi).
• Bank, savdo yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi.
• Jismoniy shaxslar uchun bank mahsulotlari va xizmatlarini bilish.
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonlarini tushunish.
• Amaldagi qonunchilik va ichki me’yoriy hujjatlar bo‘yicha bilim afzallik hisoblanadi.
• Savodli og‘zaki va yozma nutq.
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 24.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol muta ...
Loyihalarni boshqarish, tahliliy ishlar va turli tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qil ...
Asosiy vazifalar: ...

