Loyihalarni boshqarish, tahliliy ishlar va turli tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilishga qiziqadigan, rivojlanishga intiluvchi mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Loyihalarni boshqarish metodologiyasi, tartibi va standartlarini o‘rganish hamda amaliyotda qo‘llashda ishtirok etish.
• Loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish.
• Loyihalar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va loyiha hujjatlarini yuritishda ishtirok etish.
• Loyihalar portfeli, byudjetlari va resurslari bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash.
• Loyihalardagi aniqlangan chetlanishlar haqida rahbariyatni xabardor qilish.
• Loyihalarda ishtirok etuvchi bo‘linmalar o‘rtasida axborot almashinuvini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish.
• Tahliliy jadvallar, hisobotlar va yig‘ilishlar uchun materiallar tayyorlashda ishtirok etish.
• Loyiha hujjatlarining to‘liqligini tekshirish va ularni EHA tizimiga joylashtirishda ko‘maklashish.
• Loyiha jamoalari tomonidan topshiriqlarning bajarilishini monitoring qilish.
• Loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot.
• Bank faoliyati bilan bog‘liq lavozimlarda kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Loyihalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini tushunish.
• Tahliliy fikrlash va detallarga e’tiborli bo‘lish.
• Hujjatlar, hisobotlar va tahliliy materiallar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Ma’lumotlarni tizimlashtirish va strukturaga solish qobiliyati.
• Mas’uliyatlilik, tashkilotchilik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
• Kasbiy rivojlanishga va yangi vositalarni o‘rganishga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol muta ...
Asosiy vazifalar: ...
Asosiy vazifalar: ...

