• Main
  • Press-center
  • SQB Muborak bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruh

SQB Muborak bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


04.09.2026 16:15

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizomi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli hamda e’tiborli mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Mijozlar va inkassatorlardan naqd pul hamda qimmatliklarni qabul qilish, sanash, saralash va o‘rab bog‘lash.
• Naqd puldagi kirim-chiqim operatsiyalarini amalga oshirish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini bajarish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarga kassa xizmatlari, kommunal va boshqa to‘lovlar hamda valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish.
• Bank kartalari bo‘yicha naqd pul kirim va chiqim operatsiyalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni amaldagi qonunchilik va komplayens talablari asosida identifikatsiya qilish.
• Infokiosk, bankomat va avtomatlashtirilgan depozit qurilmalariga xizmat ko‘rsatish.
• Operatsion kun yakunida kassa qoldiqlarini hujjatlar bilan solishtirish va topshirish.
• AML/CFT talablari hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
• Zarurat tug‘ilganda kassa mudiri vazifalarini vaqtinchalik bajarish.
• Kassa hujjatlarini rasmiylashtirish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.

Talablar:
• Tugallanmagan oliy yoki oliy ma’lumot.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
• Ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Mas’uliyatli yondashuv hamda yuqori darajadagi e’tiborlilik.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



09/09/2026 04:09:26 pm
O‘rta biznes markazi Mijozlar koordinatori va RM xizmati Menejeri

Lavozim vazifalari: ·         O‘rta biznes segmentiga mansub ya ...

09/09/2026 03:43:19 pm
O‘rta biznes markazining Samarqand shahridagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri

Ish joyi: Samarqand viloyati Bo‘linma: O‘rta biznes markazi LAVOZIM MAJBURIYATLARI ...


Last updated date: 04.09.2026 16:15  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит