SQB Namangan BXO biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
20.08.2026 09:41
Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • BXO faoliyatini biznes yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. • Bank tomonidan belgilangan biznes rejalar va topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash. • Xodimlarga biznes reja ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish. • Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar, shu jumladan muammoli kreditlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish. • Mijozlarning murojaatlari, e’tirozlari va takliflarini o‘rganish hamda xizmat sifatini oshirish choralarini ko‘rish. • Kassa ishi va naqd pul muomalasi holatini nazorat qilish. • Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirishni ta’minlash. • BXO faoliyati bo‘yicha rahbariyatga tegishli hisobot va takliflar kiritish.
Talablar: • Oliy ma’lumot. • Bank sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi. • Bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha bilim. • Bankning ichki hujjatlari, kassa amaliyotlari va dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasi. • Mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik. • O‘zbek va rus tillarini bilish. • Xizmat safarlariga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 22.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.