SQB Sun’iy intellekt departamentining AI-servislar xizmati Bank ichki servislari guruhi Katta menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
06.08.2026 11:13
Sun’iy intellekt, Data Governance va MLOps yo‘nalishlarida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Data Governance jarayonlarida ishtirok etish;
• Master Data Management (MDM) jarayonlarini yuritish;
• Ma’lumotlar sifatini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni bajarish;
• Departamentning tasdiqlangan ish rejalari, strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, rahbariyat tomonidan yuklatilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali bajarish.
Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot;
• Kamida 1 yillik ish tajribasi;
• Bank miqyosidagi AI-loyihalarni ishlab chiqish tajribasi;
• Sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ko‘nikmalari;
• Mahsulot va texnologik gipotezalarni shakllantirish hamda texnologik stekni rivojlantirish tajribasi;
• AI-servislar va MLOps amaliyotini joriy etish hamda qo‘llab-quvvatlash;
• Ishlab chiqilgan modellarning aniqligi, barqarorligi va biznes maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash;
• Code Review o‘tkazish tajribasi;
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
• Rus yoki ingliz tilini bilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.