• Main
  • Press-center
  • Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi


22.10.2026 05:42

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga saylangan Serjiu Choklya 15-oktyabrda Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq uning raisi etib saylandi. Kengash Raisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilishi lozim.

Serjiu Choklya bank boshqaruvi, moliyaviy tartibga solish, investitsiyaviy banking va xalqaro kapital bozorlari sohasida 25-yildan ortiq tajribaga ega.

U 2016-2018-yillarda Moldova Markaziy banki raisi lavozimida faoliyat yuritib, mamlakat bank tizimining barqarorligini mustahkamlash, moliyaviy nazoratni kuchaytirish va banklar faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga rahbarlik qilgan.

Xususan, uning rahbarligi davrida Moldova Markaziy bankida mustaqil a’zolar ko‘pchilikni tashkil etuvchi ikki pog‘onali boshqaruv tizimi shakllantirilgan. Shuningdek, mamlakatning yirik tijorat banklariga xorijiy strategik investorlarni jalb etish bilan bog‘liq bitimlar ustidan nazorat olib borilgan.

Serjiu Choklya ushbu davrda xalqaro moliya institutlari bilan ham yaqin hamkorlik qilgan. Jumladan, Moldova Respublikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi boshqaruvchisi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidagi boshqaruvchi o‘rinbosari vazifalarini bajargan.

Bunga qadar u qariyb yigirma yil Fransiyaning BNP Paribas bank guruhida ishlab, korporativ moliya va investitsiyaviy banking sohasida rahbarlik lavozimlarini egallagan.

Xalqaro moliya bozorlaridagi faoliyati davomida umumiy qiymati 30 mlrd AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan qariyb 70 ta kompaniyani qo‘shib olish, birlashtirish va xususiylashtirish bitimlari hamda loyihalariga hamrohlik qilgan.

Serjiu Choklyaning korporativ boshqaruv, xalqaro investitsiyaviy bitimlar va xususiylashtirish sohasidagi tajribasi SQBning kelgusi rivojlanishi, xususan, bankni xususiylashtirishga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda SQB ham xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Xususan, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro hamkorlar ishtirokida korporativ boshqaruv, risk-menejment, g‘aznachilik, biznes yo‘nalishlari va raqamli texnologiyalarni qamrab olgan 20 dan ziyod yo‘nalishda ilg‘or xalqaro amaliyotlar tatbiq etildi.

Buning natijasida bankning korporativ boshqaruv tizimida sezilarli o‘zgarishlarga erishildi. Xususan, yangilangan Kuzatuv kengashining 11 nafar a’zosidan 8 nafarini mustaqil Kengash a’zolari tashkil etmoqda. Bu Kengash tarkibi ulushi qariyb 73 foizga yetganini anglatadi.

Korporativ boshqaruv sohasidagi yana bir natija – PwC kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro mustaqil baholashda bankning korporativ boshqaruv tizimi 91 foizga yuqori baholanganidir.   Bu natijalar bank faoliyatining shaffofligini oshirish, boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bankni xususiylashtirish aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) yoki strategik investorni jalb etish orqali amalga oshirilishi mumkin.

SQBning investitsiyaviy salohiyatini oshirishda aksiyadorlik tarkibi va xalqaro kapital bozorlari bilan aloqalari ham muhim o‘rin tutadi. Bank aksiyalarining 40 foizi Franklin Templeton boshqaruvidagi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasiga (UzNIF) tegishli. 2026-yil may oyida UzNIF o‘z qimmatli qog‘ozlarini London fond birjasida joylashtirgan.





Other news

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...


Last updated date: 22.10.2026 10:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит