SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA


28.10.2026 12:32

SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 million sömlik kredit yordamida issiqxonasini kengaytirib, mahsulotini bozorga çiqarmoqda. Kölami turliça bölgan bu ikki taşabbusni bir jihat birlaştiradi: moliyaviy kömak iqtisodiy faollikka, yangi iş örinlari va daromad manbalariga xizmat qilmoqda.

Joriy yil 28-oktabr kuni Özsanoatqurilişbank tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida aholi bandligini ta’minlaş, daromadlarni oşiriş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlar hamda erişilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yangi yondaşuv: kredit hajmidan amaliy natijaga

Prezidentimiz raisligida 2026-yil 3 va 9-sentabr kunlari ötkazilgan yiğilişlarda aholi bandligi va daromadini oşiriş işlarini yangiça taşkil etiş vazifalari belgilandi. Bunda ajratilgan mablağlar hajmidan köra, ularning amaliy samarasiga — barqaror iş örinlari, aholi daromadi va tadbirkorlik rivojiga ustuvor ahamiyat berildi.

Davlatimiz rahbarining şu yil 11-sentabrdagi «Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan hududlardagi mas’uliyat kuçaytirildi. Moliyaviy resurslar va qaror qabul qiliş vakolatlarining katta qismini tuman darajasiga tuşiriş, mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalanış böyiça yangi vazifalar belgilandi.

image-28-10-26-02-30-1.jpeg

– Uşbu jarayonda banklar hokimliklar va mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda hududlarning iqtisodiy salohiyatini işga soliş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş va tadbirkorlar duş kelayotgan muammolarga yeçim topişda iştirok etmoqda, – deydi «Özsanoatqurilişbank» ATB Boşqaruv raisi örinbosari Abduraşid Hakimov. – Xususan, mazkur yondaşuv SQB faoliyatida ham öz ifodasini topgan. Joriy yilning 1-oktabr holatiga köra, bank iştirokida qariyb 159 ming nafar aholining bandligi va daromadini oşiriş böyiça natijalarga erişildi. Jumladan, 27,7 ming nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi, 131 ming nafar aholining daromadi oşirildi. Mikro, kiçik va örta biznesga 5,3 trillion söm kredit ajratildi. Uning 2,7 trillion sömi davlat dasturlari doirasida yönaltirildi.

Kiçik taşabbusdan barqaror biznesga

Raqamlar bank iştirokining kölamini körsatsa, ularning hayotiy mazmuni tadbirkorlar faoliyatida yaqqol namoyon böladi. Andijon viloyatining «Dorilomon» mahallasidagi «Normatovlar kelajagi» xususiy korxonasi bunga misol.

Korxona rahbari Nazirjon Normatov ön yil avval oilaviy tadbirkorlikka qöl urgan. Kiçik kölamda boşlangan faoliyat yillar davomida kengayib, ösimlik yoği işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonaga aylandi.

Tadbirkor biznesini yanada rivojlantiriş maqsadida mahalla bankiriga murojaat qildi. Ajratilgan 150 ming AQŞ dollari miqdoridagi kreditning 70 ming dollari yangi işlab çiqariş uskunasini xarid qiliş va örnatişga yönaltirildi.

image-28-10-26-02-30-4.jpeg

Bugun korxonada 35 nafar kişi mehnat qilmoqda. İşlab çiqariş hajmi oşgan. Endi tadbirkor öz faoliyatini yirik zavod darajasigaça kengaytirişni maqsad qilgan.

Farğona viloyati Qöştepa tumanidagi «Qayrağoç» mahallasida esa 15 million sömlik kredit kiçik xöjalikning imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qildi.

Mahalliy tadbirkor Davlatjon Pölatov uşbu mablağ hisobidan issiqxonasini kengaytirdi. Bugun u yetiştirgan bulğor qalampiri haftasiga ikki marta, har safar örtaça 100 kilogrammdan bozorga çiqarilmoqda.

Eng muhimi, bu faoliyat orqali ikki nafar fuqaro iş bilan ta’minlandi. Tadbirkor esa issiqxona bilan çeklanmay, çorvaçilik va qoyçilikni ham rivojlantirmoqda.

Andijonda 150 ming dollarlik kredit işlab çiqariş quvvatini oşirişga xizmat qilgan bölsa, Farğonada 15 million sömlik mablağ kiçik xöjalikning ösişiga turtki berdi.

Sarmoya miqdori turliça, ammo natijani birlaştirib turgan jihat bitta: tadbirkor öz işini kengaytirmoqda, mahsulot bozorga çiqmoqda, odamlar esa mehnati orqali daromad topmoqda.

Mahalladagi taşabbus – iqtisodiyotdagi imkoniyat

Ayni paytda SQBga 27 ta tuman va şahardagi 1 133 ta mahalla biriktirilgan. Ularda 415 nafar mahalla bankiri aholi va tadbirkorlar bilan bevosita iş olib bormoqda.

image-28-10-26-02-30-2.jpeg

– Mahalla darajasidagi yondaşuv har bir hududning öziga xos imkoniyatlarini aniqlaşga xizmat qiladi, – deydi «Özsanoatqurilişbank» ATB Aholini moliyaviy qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlikka jalb qiliş departamenti direktori Farrux Abduvaliyev. – Qaysidir joyda yer va mehnat resurslari, boşqasida işlab çiqariş yoki xizmat körsatiş uçun şaroit mavjud. Muhimi, ularni aniq iqtisodiy loyihalarga aylantiriş. Bu borada «Sayxunobod tajribasi» asosida 8 339 ta mikroloyiha amalga oşirilib, 24 mingta iş örni taşkil etildi. «Uyçi tajribasi» doirasida tadbirkorlar va mijozlar bilan ötkazilgan 956 ta uçraşuvda 1 858 ta murojaat ijobiy hal qilindi. Natijada 3 885 ta iş örni taşkil etildi.

Matbuot anjumanida «Dolzarb tört oylik» doirasida manzilli işlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Hisobot davrida 24,6 ming nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi, 65,3 ming nafar aholining daromadi oşirildi. Şuningdek, 3 072 ta mikroloyiha işga tuşirilib, 6 758 nafar aholining bandligi ta’minlandi.

Mahalla raislari tomonidan taqdim etilgan 20 mingdan ziyod işsiz fuqaroning 15 ming nafari işga joylaştirilgani ham joylardagi hamkorlikning amaliy natijasidir.

Bank tomonidan kelgusi bandlik imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida umumiy qiymati 12,6 trillion sömdan ortiq 160 ta investitsiya loyihasi şakllantirilgan. Ular amalga oşirilganda 49 mingdan ziyod iş örni taşkil etilişi kutilmoqda.

image-28-10-26-02-30.jpeg





Other news

10/28/2026 10:53:57 am
Özsanoatqurilişbank — 104 yillik taraqqiyot va işonç yöli

Özsanoatqurilişbank özining 104 yillik tarixini qarşi olmoqda. Bu sana — bankning boy tajribasi, izçil rivojlaniş ...

10/27/2026 12:17:26 pm
SQBda aholi bandligi va tadbirkorlik bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkaziladi

2026-yil 28-oktabr kuni “Prezident tashabbuslari ijrosi: O‘zsanoatqurilishbankning ...

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPC loyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadal kirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek ...


Last updated date: 28.10.2026 14:39  
up