«O‘zsanoatqurilishbank» ATB autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi:
Bank xodimlarini haydovchi bilan birga xizmat avtotransporti bilan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Bank filiallarida faoliyat yurituvchi xodimlarga haydovchi bilan yengil avtotransport xizmatlarini ko‘rsatish.
Bunda professional tajribaga ega bo‘lish, shartnomada belgilangan muddatlarda ishlarni bajarish, shuningdek hisobot va javobgarlikni ta’minlash talab etiladi.
Hamkorlik uzoq muddatli asosda (2 yil muddatga) amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘zaro manfaatli shartlar asosida olib boriladi.
Taklif va tijorat takliflarini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz: info@sqb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: (78) 777-77-55, ichki raqamlar: 7160, 7172, 7174.
Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi – 27.03.2026 yil soat 18.00 gacha. tel: +998-78 ...
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +99878 777 7 ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning, ro‘yxatdan chiqarilgan asosiy vositalarni belgilangan tartibda yo‘q qilish yoki ...

