E'lonlar

Davlat ko‘magidagi imtiyozli ipoteka: “Yangi uyga ipoteka” – “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdan


09.06.2025 15:23

Hurmatli mijozlar!

2025-yilda siz davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ipoteka dasturi doirasida yangi uy-joy xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur imkoniyat “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan taklif etilayotgan “Yangi uyga ipoteka” kredit mahsuloti orqali amalga oshiriladi.

Kredit shartlari:
- Boshlang‘ich badal — uy qiymatining kamida 15 foizi
- Foiz stavkasi — yillik 17% dan boshlab (badal miqdoriga qarab)
- Maksimal summa:
Toshkent shahri uchun — 420 mln so‘mgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 330 mln so‘mgacha
- Kredit muddati — 20 yilgacha
- Birgalikda qarz oluvchilar soni — 5 nafargacha
- To‘lov jadvali — annuitet yoki differensial
- Kvartirani sug‘urtalash majburiy emas

Kimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud?
- Xorijdan doimiy pul o‘tkazmalar yuborayotgan migrantlar uchun
- O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun — to‘lov qobiliyati karta aylanmasi asosida baholanadi

Qanday olish mumkin?
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning istalgan ofisiga murojaat qiling
- Bankdan ijobiy qaror oling va subsidiya uchun hujjatlarni topshiring
- Kreditni rasmiylashtiring va yangi uyingizni xarid qiling

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 200 43 43 yoki 1180 raqamlariga murojaat qiling.





    Другие новости

    30.05.2026 17:55:56
    Navoiy BXM manzilining o‘zgarishi

    Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, Navoiy BXM mijozlarga xizmat ko‘rsatishni quyidagi manzild ...

    26.05.2026 12:14:57
    “SQB Capital” yangi kredit mahsulotini ishga tushirish va “Jayhun” mahsulotiga o‘zgartirishlar kiritish

    Hurmatli mijozlar! Mikro, kichik, o‘rta va korporativ biznes subyektlari uchun yangi “SQB Capital” ...

    26.05.2026 10:40:27
    “Qurilish uchun” yangilangan kredit mahsuloti ishga tushirilgani haqida

    Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan “Qurilish uchun” kredit m ...


    Дата последнего обновления: 09.06.2025 15:38  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send