Hurmatli mijozlar!
2025-yilda siz davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ipoteka dasturi doirasida yangi uy-joy xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur imkoniyat “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan taklif etilayotgan “Yangi uyga ipoteka” kredit mahsuloti orqali amalga oshiriladi.
Kredit shartlari:
- Boshlang‘ich badal — uy qiymatining kamida 15 foizi
- Foiz stavkasi — yillik 17% dan boshlab (badal miqdoriga qarab)
- Maksimal summa:
Toshkent shahri uchun — 420 mln so‘mgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 330 mln so‘mgacha
- Kredit muddati — 20 yilgacha
- Birgalikda qarz oluvchilar soni — 5 nafargacha
- To‘lov jadvali — annuitet yoki differensial
- Kvartirani sug‘urtalash majburiy emas
Kimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud?
- Xorijdan doimiy pul o‘tkazmalar yuborayotgan migrantlar uchun
- O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun — to‘lov qobiliyati karta aylanmasi asosida baholanadi
Qanday olish mumkin?
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning istalgan ofisiga murojaat qiling
- Bankdan ijobiy qaror oling va subsidiya uchun hujjatlarni topshiring
- Kreditni rasmiylashtiring va yangi uyingizni xarid qiling
Batafsil ma’lumot uchun: +99871 200 43 43 yoki 1180 raqamlariga murojaat qiling.
Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, Navoiy BXM mijozlarga xizmat ko‘rsatishni quyidagi manzild ...
Hurmatli mijozlar! Mikro, kichik, o‘rta va korporativ biznes subyektlari uchun yangi “SQB Capital” ...
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan “Qurilish uchun” kredit m ...

