Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat odob-axloqi normalariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha xodimlar uchun muntazam ravishda o‘quv tadbirlari va treninglar o‘tkazib boriladi.
Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz yoki korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: 0-800-120-8888
Telegram-bot: @sqbantikor_bot
Bankning rasmiy veb-sayti: sqb.uz/uz/compliance-hotline/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: koll-markaz 1253
Muhim! Sizning murojaatingiz amaldagi qonunchilikka muvofiq maxfiylik kafolatlangan holda ko‘rib chiqiladi.
Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, Navoiy BXM mijozlarga xizmat ko‘rsatishni quyidagi manzild ...
Hurmatli mijozlar! Mikro, kichik, o‘rta va korporativ biznes subyektlari uchun yangi “SQB Capital” ...
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan “Qurilish uchun” kredit m ...

