Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat odob-axloqi normalariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha xodimlar uchun muntazam ravishda o‘quv tadbirlari va treninglar o‘tkazib boriladi.
Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz yoki korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: 0-800-120-8888
Telegram-bot: @sqbantikor_bot
Bankning rasmiy veb-sayti: sqb.uz/uz/compliance-hotline/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: koll-markaz 1253
Muhim! Sizning murojaatingiz amaldagi qonunchilikka muvofiq maxfiylik kafolatlangan holda ko‘rib chiqiladi.
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan “Qurilish uchun” kredit m ...
Hurmatli mijozlar! Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi servis kompaniyalari uchun mo‘ljallangan “B ...

