“IFRC” — bu biznes uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS, US GAAP) o‘tish, xalqaro auditga tayyorgarlik ko‘rish va xalqaro kredit reytingini olish bo‘yicha maslahat xizmati hisoblanadi.
Xizmat onlayn yoki oflayn shaklda, shartnoma asosida, milliy valyutada ko‘rsatiladi. Narxi — bank tariflariga muvofiq ravishda individual tarzda belgilanadi.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:
IFRS va boshqa xalqaro standartlar bo‘yicha hisobot tayyorlash, xalqaro kredit reytingini olish va moliyalashtirish jalb qilish zarurati mavjud bo‘lishi.
-
IFRS, US GAAP va boshqa standartlarga o‘tishda yordam
-
Moody’s, S&P, Fitch kabi xalqaro reytinglarni olishda ko‘mak
-
MSA (Xalqaro audit standartlari) bo‘yicha auditda hamrohlik (Deloitte, EY, PWC, KPMG va boshqalar)
-
Moliyaviy modellashtirish, biznes-reja tuzish va investitsiyaviy strategiyalar ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar
-
Mijozning shaffofligi va investitsion jozibadorligini oshirish
-
Xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirish uchun biznes-jarayonlarni tahlil qilish va optimallashtirish
-
NDA (maxfiylik) shartnomasini imzolash va maslahat hajmini kelishish
-
Moliya va biznesga oid zaruriy ma’lumotlarni taqdim etish
-
Hujjatlarni dastlabki tahlil qilish va tijorat taklifini shakllantirish
-
Konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish
-
Amaldagi hisobot va moliyaviy jarayonlarni tahlil qilish
-
Xalqaro moliyaviy standartlarga (IFRS, US GAAP) o‘tish bo‘yicha maslahat
-
MSA (Xalqaro audit standartlari) bo‘yicha auditga tayyorgarlik (Deloitte, EY, PWC, KPMG va boshqalar)
-
Xalqaro kredit reytingini olishda ko‘maklashish
-
Investorlar talablariga muvofiq biznes-reja va moliyaviy modellar ishlab chiqish (zarurat bo‘lsa)
-
Yakuniy hisobotlarni taqdim etish va bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning Xalqaro moliyaviy hisobot va konsalting departamenti yoki Investitsion bank xizmatlari departamentiga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

Bank menejeri bilan bog‘laning yoki maslahat olish uchun ariza yuboring

Bank bilan maxfiylik to‘g‘risida shartnoma tuzing

Kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim eting

Tijorat taklifini oling va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani imzolang

Xizmat Xalqaro moliyaviy hisobot va konsalting departamenti orqali ko‘rsatiladi

Xizmat yakunlangach, bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va to‘lov amalga oshiriladi
-
Bitimni yuritish uchun oylik xizmat haqi:
5 000 dan 15 000 AQSh dollarigacha (hajmi va murakkabligiga qarab).
-
Yakuniy bosqichga (Financial Close) erishilganligi uchun bir martalik komissiya to‘lovi:
30 000 dan 300 000 AQSh dollarigacha (hajmi va murakkabligiga qarab).