Все Кредиты
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Buxoro viloyatidagi “KNAUF GIPS BUXORO” xususiy korxonasiga press-tur tashkil etildi. U yerda ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari hamda blogerlar gipsokarton va metal profillar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.
Taʼkidlanishicha, korxona 2011-yilda qiymati 69 mln. yevroga teng loyiha asosida tashkil etilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 40 mln. metr kvadrat. Korxonaga Germaniyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan. Hozirda u yerda 150 ga yaqin buxorolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.
Eʼtiborlisi, korxona “KNAUF” xalqaro guruhi (Germaniya) tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo etilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida ham jahon andozalariga toʻla amal qiladi.
Xususan, zavodga oʻrnatilgan eng soʻnggi avlod chang yigʻuvchi uskunalari "chang shleyflari" hosil boʻlish ehtimolining oldini oladi. Gips asosidagi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindi chiqarish koʻrsatkichi esa, nolga teng.
Hozirda korxona tomonidan 15 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ular nafaqat mahalliy, balki qoʻshni davlatlar bozoriga ham yetkazib berilmoqda.
Press-tur davomida korxona laboratoriyasida jurnalistlarga sinov jarayonlari amaliy namoyish etildi. Sinov poligonlaridagi yutuqlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
OAV vakillari, shuningdek mahsulotlarni qadoqlash jarayoni bilan tanishdi, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...