Yangiliklar

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rasmiy munosabati


04.05.2026 20:38

Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Taʼkidlash joizki, tarqalgan maʼlumotlarda xizmat haqi miqdori amaldagi tariflardan farqli tarzda keltirilgan.

Haqiqatda esa, bank tomonidan mijozlar uchun amaliyotlar tarixini olish boʻyicha bir qator bepul va qulay imkoniyatlar joriy etilgan:

– “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali amaliyotlar tarixini istalgan vaqtda koʻrish va yuklab olish mutlaqo bepul;

– 24/7 rejimda ishlovchi bankomatlar orqali qisqa koʻchirmalarni olish imkoniyati mavjud;

– Bank ofislarida amaliyotlar tarixi boʻyicha maʼlumotnomani (qogʻoz shaklida) har oyda 1-marta bepul olish mumkin.

Shuningdek, mijoz xohishiga koʻra amaliyotlar tarixini qogʻoz shaklida takroriy ravishda (ikkinchi va undan keyingi murojaatlarda) olish xizmati pullik asosda amalga oshiriladi. Ushbu xizmat uchun toʻlov 50 000 soʻm (QQS bilan) etib belgilangan.

Mazkur tariflar Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni 8 va 62-moddalariga muvofiq, bank operatsiyalari boʻyicha vositachilik haqi miqdorini bank tomonidan mustaqil belgilanishi doirasida amaliyotga kiritilgan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB mijozlarga qulay, shaffof va zamonaviy xizmatlarni taqdim etishni oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilagan hamda jamoatchilikni faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishga chaqiradi.

Barcha amaldagi tariflar bilan bank rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.






Другие новости

17.06.2026 10:00:24
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

12.06.2026 20:30:44
Xalqaro kapital – milliy taraqqiyot omili: SQB tajribasi va natijalari

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...


Дата последнего обновления: 06.05.2026 09:50  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send