Yangiliklar

Moliyaviy xavfsizlik – zamonaviy xizmatlarning asosi!


11.08.2025 16:39

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) korporativ markaz tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, “Doctor Mallaev Academic hospital” MChJ “Intermed innovatsion”, MChJ hamda “Ayol care” MChJ kabi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan “Moliyaviy xavfsizlik – zamonaviy xizmatlarning asosi” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbir bankning chakana xizmatlari bilan tanishtirish, mavjud imkoniyatlar va qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar nafaqat bank mahsulotlari bilan tanishdilar, balki zamonaviy moliyaviy xizmatlarda kiberxavfsizlikning ahamiyati, shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash, hamda onlayn firibgarliklardan ogoh bo‘lish yuzasidan ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bank mutaxassislari tomonidan raqamli moliya vositalaridan xavfsiz va masʼuliyatli foydalanish, kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha real misollar bilan tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun sog‘liqni saqlash xodimlarining kundalik hayotida ham moliyaviy xotirjamlikni taʼminlashda bu katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Uchrashuv yakunida esa ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga bevosita mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 





Другие новости

08.05.2026 10:43:19
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...

07.05.2026 11:10:21
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...

06.05.2026 09:40:09
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...


Дата последнего обновления: 20.08.2025 09:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send