

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) korporativ markaz tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, “Doctor Mallaev Academic hospital” MChJ “Intermed innovatsion”, MChJ hamda “Ayol care” MChJ kabi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan “Moliyaviy xavfsizlik – zamonaviy xizmatlarning asosi” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbir bankning chakana xizmatlari bilan tanishtirish, mavjud imkoniyatlar va qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar nafaqat bank mahsulotlari bilan tanishdilar, balki zamonaviy moliyaviy xizmatlarda kiberxavfsizlikning ahamiyati, shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash, hamda onlayn firibgarliklardan ogoh bo‘lish yuzasidan ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bank mutaxassislari tomonidan raqamli moliya vositalaridan xavfsiz va masʼuliyatli foydalanish, kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha real misollar bilan tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun sog‘liqni saqlash xodimlarining kundalik hayotida ham moliyaviy xotirjamlikni taʼminlashda bu katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Uchrashuv yakunida esa ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga bevosita mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi. ...
Joriy yilning 11-fevral kuni Sanoatqurilishbank vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh va Qoʻngʻirot tuma ...
O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni katta ruh va g‘urur bilan nishonladi. Turli hududlarga xos ...

