
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda tadbirkorlarga biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mavjud kredit mahsulotlari va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilarning texnika xaridi, loyihalarni kengaytirish va kredit ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularni hal etish mexanizmlari tushuntirildi.
Xususan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va garov masalalarida qo‘shimcha moliyaviy yechimlar hamda kafillik tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 
Ma’lumki, har yili davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan an’anaviy ochiq muloqot oʻtkazib kelinadi. Mazkur tadbir joriy yilda rejalashtirilgan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlik koʻrish, hududlarda biznes muhitini yaxshilash hamda sohadagi tizimli muammolarni bevosita joyida aniqlab, hal etish maqsadida tashkil etildi.
Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...
2026-yil 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank ...

