O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq elektron davlat xaridlari tizimi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq manbalarda joylashtirilgan.
Mazkur xarid “Atlassian” (Avstraliya) kompaniyasining korporativ dasturiy mahsulotlari litsenziyalarini uzaytirish va kengaytirishni nazarda tutadi. Xususan, shartnoma doirasida bank faoliyatida qo‘llanilayotgan “Jira Software Data Center”, “Confluence Data Center”, “Jira Service Management Data Center” platformalari hamda ularning qator qo‘shimcha modullari bo‘yicha litsenziyalar xarid qilingan.
Ushbu dasturiy yechimlar bankning IT xizmatlarini boshqarish, loyihalarni yuritish, ichki biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, korporativ bilimlar bazasini shakllantirish va tahliliy ma’lumotlarni yuritishda qo‘llaniladi. Mazkur litsenziyalar orqali texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish va nazorat qilish, loyihalar ijrosini monitoring qilish, ichki hujjatlar bilan ishlash hamda ish jarayonlarini samarali tashkil etish ta’minlanmoqda.
Litsenziya qiymati dasturiy mahsulotlarning funksional imkoniyatlari, foydalanuvchilar soni, amal qilish muddati, texnik qo‘llab-quvvatlash, tizim yangilanishlari va qo‘shimcha modullar hajmidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, kas ...
Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish h ...
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yo ...

