«O‘zsanoatqurilishbank» O‘zbekiston Respublikasidagi JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishni boshlaydi
26.09.2018 09:43
JCB International Co., Ltd va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekiston Respublikasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning ekvayring tarmog‘ida JCB to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish to‘g‘risida litsenzion bitimni imzolash haqida e’lon qildilar.
2018 yil 25 sentyabrda Toshkent shahrida JCB International Co., Ltd va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB o‘rtasida bankning ekvayring tarmog‘ida JCB to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish to‘g‘risida litsenzion bitim imzolangan edi.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekiston Respublikasida JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishni boshlaydigan birinchi bank bo‘ladi. JCB karta egalari “O‘zsanoatqurilishbank” bankomatlarida naqd pul yechish va O‘zbekiston xududidagi savdo-servis korxonalari tarmog‘ida xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
- Aynan “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekiston mehmonlariga, JCB karta egalariga mamlakatda bo‘lganda qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklasha olishidan mamnunmiz. O‘zbekiston YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshini eslatadi. Bu yo‘nalishlar ko‘hna tarixni namoyon etadi va butun dunyo sayyohlarida qiziqish uyg‘otadi, - deydi JCB International Eurasia Bosh direktori Takasi Suetsugu. - Bizning «O‘zsanoatqurilishbank» AKB bilan qo‘shma loyihamiz JCB kartalari faol muomalaga chiqariluvchi Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlardan sayyohlar va tadbirkorlar uchun ushbu shaharlarda JCB kartalarini qabul qilish tarmog‘ini ochadi. Bundan tashqari, 2018 yilda mazkur mamlakatlar uchun O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirish tartibi joriy etildi, shuning uchun biz O‘zbekistonga turistlar oqimi o‘sishini kutishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida JCB kartalarini qabul qilish nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, balki 2014 yildan JCB to‘lov tizimi kartalari faol muomalaga chiqarilayotgan Rossiyadagi karta egalari uchun ham yana bir xushxabar bo‘ladi.
- Aynan bizning bankimiz respublikamiz hududida JCB xalqaro to‘lov tizimiga kirgan birinchi bank bo‘lganidan fahrlanamiz, - dedi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Ergashev Anvarjon. - Bu mamlakatimiz jozibadorligini chet el sayyohlari uchun oshirish hamda taqdim etilayotgan chakana xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish imkonini beradi, bu esa bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB bank xizmatlari bozoridagi barcha segmentlarda xizmat ko‘rsatuvchi ko‘r yillik tajribaga ega bo‘lgan texnik jihatdan rivojlangan universal kredit muassasasi hisoblanadi. Bunda ilg‘or bank texnologiyalarini joriy etish va amaliyotlarni avtomatlashtirish darajasini oshirishga katta e’tibor qaratiladi. Xalqaro to‘lov tizimlari plastik kartalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zining protsessing markazi mavjudligi buning yaqqol tasdig‘idir.
JCB to‘lov tizimi - bu 1961 yilda Yaponiyada tashkil etilgan yetakchi xalqaro to‘lov tizimlaridan biridir. 1981 yilda JCB xalqaro bozorga chiqqan Osiyoda birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi. JCB butun dunyoda kartalarni qabul qilish tarmog‘ini faol rivojlantirishni davom etmoqda hamda bozor yetakchilari bilan hamkorlik qilib, savdo-servis korxonalari bilan sheriklik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
845
Другие новости